Hududlardagi o‘rganish ishlari davom etmoqda
Ayni kunlarda Navoiy viloyatida xizmat safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari - Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i Sherzod Ibragimov, hududlarda xizmat faoliyati doirasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
Shuningdek, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i J.Azimov hamda tuzilgan ishchi guruh hamkorligida “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “Hududgaztaʼminot” viloyat filiali va “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” AJda qish mavsumida kuzatilayotgan anomal sovuq davrida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarni oldini olish, ularni bartaraf etish va xavfsizlikni taʼminlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan atroflicha tanishdi.
Masʼullarga favqulodda holat bo‘yicha dispetcherlik xizmatiga kelib tushgan har bir xabarning viloyat shtabiga zudlik bilan yetkazilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
IIV huzuridagi Jamoat xavfsizligi departamenti