12 May 2022
1220
Hujjatsiz boshqarilgan “Matiz” jarima maydoniga, taqiqlangan dorini saqlab yurgan yoʻlovchi IIBga olib borildi
Joriy yilning 6-may kuni Chirchiq shahrida tungi xizmatni oʻtayotgan YPX inspektori, soat taxminan 02:30 larda “Matiz” rusumli avtomobilni toʻxtatib tekshiradi. Jarayonda haydovchi mashinani tegishli hujjatlarsiz boshqarganligini aniqlaydi.
Shu vaqtda mashinada yoʻlovchi boʻlib ketayotgan 1972-y.t. I.Yu. YPX inspektorini faoliyatiga toʻsqinlik qilib, inspektorni haqoratlaydi.
Shundan soʻng qoidabuzarlik yuzasidan bayonnoma tuzilib, “Matiz” avtomashinasi vaqtinchalik jarima maydoniga qoʻyiladi.
Yoʻlovchiga esa qonuniy chora koʻrish uchun IIBga olib borilganda, fuqaro yonida savdosi cheklangan «Regapen» psixotrop dori vositasi borligi aniqlandi.
Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB Axborot guruhi