16 Mart 2023 531

«Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash» mutaxassisligi boʻyicha tayyorlanayotgan qizlar bilan davra suhbati oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-noyabrdagi PF-257-son Farmoniga asosan tashkil etilgan Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi tizimida faoliyat olib borish uchun «Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini taʼminlash» mutaxassisligi boʻyicha tayyorlanayotgan kadrlar orasida talaba qizlar ham taʼlim olib kelmoqda.

Ularning kasbiy tayyorgarligi boʻyicha bilim, koʻnikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish hamda kelgusi xizmat faoliyatiga tayyorlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Talaba qizlarda xizmatga boʻlgan qiziqishlarini orttirish, oʻz kasbiga boʻlgan ishtiyoqini oshirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tizimida faoliyat yuritayotgan ayol xodimalari ishtirokida 2023-yil 16-mart kuni “Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda ayollarni oʻrni” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatiga Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik N.B.Mirjalolova, huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshligʻining oʻrinbosari polkovnik U.X.Abdullayeva, Yuridik taʼminlash boshqarmasi katta yuriskonsulti podpolkovnik T.A.Djurayeva taklif qilinib, talaba qizlarga tizimlarda amalga oshirilayotgan islohotlar, xizmat faoliyatini belgilab beruvchi hukumat farmon va qarorlarning, vazirlikning buyruq va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

Kasbga yoʻnaltiruvchi davra suhbati davomida talaba qizlarning koʻplab savollariga notiqlar tomonidan atroflicha javob berildi.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага