23 Yanvar 2022 2944

Ichki ishlar organi xodimining qonuniy talabini bajarmasdan unga tajovuz qilgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlandi

Joriy yilning 22-yanvar kuni soat 12:20 larda, Navoiy viloyati, Navbahor tumani hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimi D.Toshov tomonidan “Matiz” rusumli avtomobil haydovchisi toʻxtatilib, haydovchi yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomobilni vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga olib bormoqchi boʻlgan vaqtida YPX inspektorining xizmat olib borishiga toʻsqinlik qilib, uning qonuniy talablarini bajarmasdan, uni yomon soʻzlar bilan haqoratlab, xodimga nisbatan tajovuz qilgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro A.T.ga nisbatan Navbahor tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 140-modda (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi hamda 219-modda (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual Kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIV Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага