4 May 2020 5094

Ichki ishlar organi aholiga xizmat ko'rsatish boshlandi

Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi 176-son “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qaroriga ijrosini ta'minlash va koronavirus infektsiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida joriy yilning 24 mart kunidan hududiy Ichki ishlar organlarining fuqarolarni qabul qilish faoliyati vaqtincha ish faoliyati to'xtatilgan edi.

2020 yil 4 maydan boshlab, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish (pasport, propiska, viza) hamda yo'l harakati xavfsizligi (ro'yxatdan o'tkazish va imtihon olish, ma'muriy amaliyot, majburiy texnik ko'rikdan o'tkazish) bo'linmalari fuqarolarga xizmat ko'rsatish faoliyatini boshladi.

Bunda, fuqarolarni qabul qilishda ularning karantin qoidalariga to'liq rioya qilinishlariga alohida e'tibor beriladi.

IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi
 

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага