1 Iyun 2022 647

Ichki ishlar organlari xodimalarining muammolari oʻrganilmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi Psixologik taʼminlash guruhi mutaxassis psixologlari hamda Surxondaryo viloyati IIB Maʼnaviy- maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻlimi ichki ishlar organlarida xotin-qizlar masalalari boʻyicha bosh inspektori bilan hamkorlikda “xodim psixolog huzuriga emas-psixolog xodim huzuriga” tamoyili asosida, Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasida faoliyat olib borayotgan ichki ishlar organlari ayol xodimalarining ish jarayonlari hamda ularning muammolarini oʻrganish ishlari olib borildi.

Bunda asosiy eʼtibor ayol xodimalarining kasbiga boʻlgan qiziqishlari orqali ular bilan psixologik suhbat olib borilib, ish faoliyati hamda oiladagi muammolari oʻrganilmoqda.

Oʻtkazilgan psixologik suhbat davomida xodimalar tomonidan taʼkidlangan muammolar boʻyicha ularga ijobiy yechim topish hamda psixologik maslahatlar berish koʻzda tutilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага