5 Avgust 2022 1139

Ichki ishlar organlari xodimlari malakasi oshirish – zamon talabi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5076-sonli “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosini taʼminlash borasida Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyida Ichki ishlar organlari xodimlari bilan malaka oshirish hamda qayta tayyorlash oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazib kelinmoqda. 

Oʻquv mashgʻulotlari jarayoni xodimlarning malakasiga qarab xizmat boʻyicha oʻsishini taʼminlash, barcha toifadagi ichki ishlar organlari xodimlarining samarali xizmat oʻtashi va ularning xizmat martabasi oshishi uchun xizmatning butun muddati davomida uzluksiz ravishda tahsil olish va malaka oshirib borishiga erishishni oʻz ichiga olib, ushbu saʼy-harakatlar kelgusida ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi bosqichini tashkil etadi.

IIVning 1-sonli Toshkent akademik litseyi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага