11 Mart 2021 6217

Ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat majburiyatlarini bajarish chog'ida transport vositalaridan foydalanishi tartibi

(O'zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to'g'risida”gi Qonuni, 2016 yil 16 sentyabr`. O'RQ-407-son 40-modda)

Ichki ishlar organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan ichki ishlar organlariga tegishlilikni bildiruvchi maxsus yorug'lik signallariga va tovushli signallarga, bo'yoqli rangli grafika sxemasiga ega maxsus avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan ta'minlanadi.

Mehnatning qatnov xususiyati bilan bog'liq bo'lgan xizmat majburiyatlarini bajaruvchi ichki ishlar organlari xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda shahar yo'lovchi transportidan (yo'nalishli va yo'nalishsiz taksilardan tashqari) foydalanish uchun oylik yo'l chiptalari beriladi yoki pullik kompensatsiya to'lanadi.

Xizmat safariga yuborilgan ichki ishlar organlari xodimlariga transportning barcha turlariga yo'l hujjatlarini safar guvohnomasini ko'rsatib navbatsiz olish huquqi beriladi.

Shaxsiy transportdan xizmat safarlarida foydalanadigan ichki ishlar organlari xodimlariga O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda va miqdorlarda pullik kompensatsiya to'lanadi.

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага