Ichki ishlar organlarida ayollarga eʼtibor
Toshkent shahar IIBB xodimlari Birlashgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan hamkorlikda Toshkent shahar Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun sayyor-oʻquv seminari va sport musobaqalari tashkillashtirildi.
Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, erishgan yutuqlarini ragʻbatlantirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, sogʻligʻini tiklash hamda ularning boʻsh vaqtlarini koʻngilli oʻtkazishlarini taʼminlash orqali ish samaradorligini yanada oshishiga erishish mumkin.
Sayyor-oʻquv seminarida xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha, gender tengligi, ularning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida maʼruza qilindi.
Bundan tashqari tadbir ishtirokchilari uchun voleybol, suzish boʻyicha sport musobaqalari, qiziqarli viktorina, tezkor savol-javoblar oʻtkazilib, gʻoliblar sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati