10 Sentabr 2021 1055

Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo'yicha respublika tanlovida faol ishtirok eting

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 24 avgustdagi 539-son qarori bilan «Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig'i», «Eng yaxshi profilaktika inspektori», «Eng yaxshi tergovchi», «Eng yaxshi tezkor xodim» nominatsiyalari bo'yicha respublika tanlovini ikki bosqichda o'tkazilishi belgilanib, «Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo'yicha respublika tanlovini tashkil etish va o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom» (keyingi o'rinlarda - Nizom) va eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo'yicha respublika tashkiliy qo'mitasi tarkibi (keyingi o'rinlarda - Tashkiliy qo'mita) tasdiqlandi.

Ushbu qarorda tanlov g'olibi va sovrindorlarini «25 oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni» munosabati bilan tashkil etiladigan bayram tadbirida tantanali ravishda e'lon qilinishi belgilandi.

Shu bois, tanlovlarni Qaror va Nizomlarda belgilangan tartibga muvofiq, yuqori saviyada tashkil etish maqsadida,

1. Ichki ishlar organlarida eng yaxshi xodimlarni aniqlash bo'yicha respublika tanlovini o'tkazish uchun besh kun muddatda Nizom talablariga muvofiq har bir nominatsiya yo'nalishda respublika va hududiy komissiyalar tarkibi tasdiqlansin.

2. Respublika komissiyalari joriy yilning 15 sentyabr` kuniga qadar Nizomda nazarda tutilgan sinov shartlari bo'yicha ishtirokchilarning bilim va mahoratlarini baholash me'yorlari va mezonlarini ishlab chiqilsin hamda Tashkiliy qo'mita (Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti) bilan kelishilgan holda shu yilning 20 sentyabr` kuniga qadar hududiy komissiyalarga yuborilishini ta'minlasin.

3. Tanlov shartlari va nomzodlarni ro'yxatga olish boshlanganligi to'g'risida ommaviy axborot vositalari, shuningdek, ichki ishlar organlarining barcha rasmiy internet sahifalari, ijtimoiy tarmoqlari va bosma nashrlarida e'lonlar bcrilib, ishtirokchilarni ro'yxatga olish joriy yilning 19 sentyabr kuniga qadar yakunlansin.

4. Barcha nominatsiyalar bo'yicha tanlovlarning hududiy bosqichi joriy yilning 20-25 sentyabr kunlari Nizomda belgilangan tartibda o'tkazilib, g'olib va sovrindorlar to'g'risidagi ma'lumotlar 30 sentyabr kuniga qadar Tashkiliy qo'mitaga yuborilishi ta'minlansin.

5. Tanlovlarni barcha bosqichi Nizom talablariga qat'iy amal qilgan holda yuqori saviyada va shaffof o'tkazilishi, g'olib va sovrindorlar adolatli, xolisona tanlab olinishi shaxsan birinchi rahbarlar tomonidan nazoratga olinsin.

6. Tanlovni o'tkazish bilan bog'liq tadbirlarga boshqa vazirlik va idoralar, ommaviy axborot vositalari hamda keng jamoatchilik vakillarini jalb etish, xodimlarning tanlovlarga qiziqishini kuchaytirish va ko'tarinki ruhda o'tkazish uchun barcha zarur chora-tadbirlar ko'rilsin.

7. Tanlovning hududiy saralash bosqichida faol ishtirok etib o'zining bilim va kasbiy mahoratini yuksak darajada ko'rsatgan, biroq g'olib yoki sovrindor bo'lmagan ishtirokchilarni qimmatbaho sovg'a va diplomlar bilan rag'batlantirishga alohida e'tibor qaratilsin.

8. Mazkur ko'rsatma ijrosini ta'minlash tarkibiy tuzilmalar va hududiy bo'linmalar boshliqlari zimmasiga, umumiy nazorat Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti boshlig'ining o'rinbosari, polkovnik X.V.Maxsumovga yuklatilsin.

IIV Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага