29 Yanvar 2023 1702

Ichki ishlar organlarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash yoʻnalishida 2022-yil yakunlari tanqidiy tahlil etildi

Joriy yilning 28-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari A.Ikramov raisligida Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash, kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarlik yoʻnalishida 2022-yil yakunlari boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Ichki ishlar vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti shaxsiy tarkibi, tarkibi va sohaviy xizmat hamda hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari hamda kadrlar boʻlinmalari boshliqlari ishtirok etdi.

Kun tartibida 2022-yilda maʼnaviy-maʼrifiy, kadrlar bilan taʼminlash, kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarlik sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Tanqidiy ruhda oʻtgan muhokamada xizmat faoliyatida ijobiy natijalarni qayd etmagan bir qator rahbar xodimlar intizomiy jazoga tortildi.

Shuningdek, yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–10-son qarorida belgilangan 6 ta ustuvor vazifalar boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash yoʻnalishini yanada takomillashtirish yuzasidan 2023-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar belgilandi.

Shu bilan birga, Vazir oʻrinbosari general-mayor A.Ikramov tomonidan shaxsiy tarkib oʻrtasida tartib-intizomni mustahkamlash va qonuniylikni taʼminlashda Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talabalariga qatʼiy rioya etish, xodimlarni “Inson qadri uchun” tamoyili asosida davlatning yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlariga ega, oʻz burchiga sodiq, vatanparvar va xalqparvar etib tarbiyalash orqali aholining chinakam roziligiga erishish zarurligi alohida taʼkidlandi.

Yigʻilish yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan 2023-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan bir qator vazifalar belgilab olindi.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага