27 May 2022 438

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarning faolligini oshirish yoʻlida

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining 2022-yil 23-mart kunidagi “Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash borasidagi faoliyat samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilash toʻgʻrisida”gi 73-sonli Farmoyishiga asosan, Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan ishlash amaliyotiga joriy yilning 1-aprel kunidan “Xotin-qizlar bilan ishlash xaritasi” asosida ish olib borish tizimi joriy etildi. 

Mazkur xarita asosida, Sirdaryo viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar bilan xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etish boʻyicha yakka tartibda suhbat oʻtkazish, ijro intizomiga rioya qilish, xodimning jamoadagi oʻrni, kitob oʻqishi, maʼrifat, xizmat tayyorgarligi va sohaga oid normativ hujjatlarni konspektlashtirish daftarini yuritilishi, mavzularni oʻzlashtirganlik holatini tekshirish maqsadida xotin-qizlarni xizmat joyiga borib oʻrganish, xodimning yashash manzilida oilaviy sharoiti bilan yaqindan tanishish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. 

Shuningdek, xotin-qizlarni jismoniy va kasbiy tayyorgarlik mashgʻulotlarida qatnashishlarini tashkillashtirish, bola parvarishlash taʼtilidagi xodimlar bilan muloqot qilib, profilaktik suhbat oʻtkazish, xotin-qizlarni haq-huquqlarini taʼminlanganligi, munosib mehnat sharoitining yaratilganligi, ularni oʻz vaqtida ishga kelib-ketishlari, kiyinish odobiga hamda xizmat intizomiga amal qilish holatini tekshirish ishlari ham tizimli olib borilmoqda. 

Mazkur chora-tadbirlardan koʻzlangan asosiy maqsad ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va kasbiy tashabbuskorligini oshirish, bilim va koʻnikmalarini mustahkamlash, ular bilan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlarni manzilli olib borish hamda bu borada mutasaddilarning masʼuliyatini yanada oshirishdir.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага