31 Yanvar 2023 458

Ichki ishlar organlarining kadrlar bilan ishlash faoliyatini tashkil etish

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi magistraturasining “Tashkiliy-taktik boshqaruv” mutaxassisligi boʻyicha tahsil olayotgan 4-guruh tinglovchilari bilan “Ichki ishlar organlarining kadrlar bilan ishlash faoliyatini tashkil etish” nomli moduli yakuni boʻyicha ilmiy va malakaviy amaliyoti Vazirlik Malaka oshirish institutida tashkil etildi.

Ilmiy va malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi – nazariya va amaliyotning uzviyligini taʼminlash orqali magistratura tinglovchilarining olgan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish hamda mustahkamlash, amaliyotga tatbiq qilish va tinglovchilarda ichki ishlar organlarining rahbarlik lavozimlarida xizmat faoliyatini olib borishga doir amaliy koʻnikmalarni hosil qilishdan iborat.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага