31 May 2023 2540

Aholi muammolariga eʼtibor qaratish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash yuzasidan Davlat rahbarining topshirigʻiga binoan Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruhning Samarqand viloyatida oʻrganish ishlari davom etmoqda

Aholi muammolariga eʼtibor qaratish hamda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash yuzasidan Davlat rahbarining topshirigʻiga binoan Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi idoralararo ishchi guruhning Samarqand viloyatida oʻrganish ishlari davom etmoqda.

Vazir oʻrganishlar davomida Oqdaryo, Past Dargʻom va Urgut tumanlarida boʻldi.

Oqdaryo tumanidagi Kumushkent mahallasida joylashgan 32-umumtaʼlim maktabida oʻquvchilarning yozgi taʼtilni mazmunli oʻtkazishlari maqsadida tashkil etilgan 16 yoʻnalishdagi toʻgaraklar faoliyati bilan tanishdi.

Shuningdek, vazir tumandagi “Pichoqchi dry fruits” agro logistika markazida ham boʻldi. “Pichoqchi” MFY beshligi bilan suhbatda boʻlib, ularning mahallani xavfsiz, jinoyatdan xoli hududga aylantirish borasidagi hisoblari tinglandi.

Oqdaryo tumani “Chorbogʻ” MFYda joylashgan kartoshka urugʻlarini koʻpaytirish boʻyicha issiqxona faoliyati ham vazir eʼtiboridan chetda qolmadi.

Past Dargʻom tumanidagi oʻrganishlar doirasida “Kamalak invest tekstil” korxonasida “Ayollar”, “Yoshlar” va “Temir daftar”larida turuvchi ishsiz fuqarolarning ish bilan taʼminlanganligini, ularga yaratilgan sharoitlar koʻzdan kechirildi.

Vazir Urgut tumani “Xoʻjaguzar” MFYda xotin-qizlar faoli Mavluda Hamdamovaning yashash xonadonida tashkil etilgan hunarmandchilik koʻrgazmasi bilan tanishdi. Tumanning “Oʻramas” MFYdagi “Sam-Feri” MCHJda daftarlarga kiritilgan fuqarolarning ish bilan bandligi hamda sektor rahbarlarining tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi taqdimoti tinglandi.

Oʻrganishlar davomida vazir mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiya va koʻrsatmalar berdi.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага