16 Mart 2023 404

Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Surxondaryo viloyatida Davlat rahbari topshiriqlarining amaliy ijrosini taʼminlash choralari koʻrilmoqda

Jumladan, «Qoʻriqlash» bosh boshqarmasi tomonidan xalq xoʻjaligi obyektlari hamda aholi mol-mulkini daxlsizligini taʼminlash maqsadida «mahallabay» ishlash tizimi joriy etildi. Bunda viloyat hududidagi barcha mahallalarda qoʻriqqa olish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlari amalga oshirildi.

Aholi oʻrtasida olib borilgan tushuntirishlar natijasida kun davomida 14 ta xalq xoʻjaligi obyektlari hamda 25 ta fuqaro xonadonlari qoʻriqlovga olishga erishildi.

Bu esa hududda jinoyatchilikning oldini olish hamda fuqarolarning mol-mulklarining ishonchli qoʻriqlovini oshirishga asos boʻlib xizmat qiladi.

Kriminogen vaziyati ogʻir boʻlgan mahallalarda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida «Qoʻriqlash» boshqarmasi tomonidan markaziy koʻchalar, mahallalar markazlari, park va xiyobonlar hamda jamoat joylarida kameralar oʻrnatildi hamda viloyat «Qoʻriqlash» boshqarmasi va Ichki ishlar monitoring markazlariga integrallashtirildi.

«Qoʻriqlash» boshqarmasi tomonidan qoʻriqlanayotgan bir qator ijtimoiy infratuzilma obyektlari, korxona va tashkilotlarning texnik mustahkamlik holati va xizmatni tashkil etish faoliyati tekshiruvdan oʻtkazildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha mutasaddilarga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Ishchi guruhning Surxondaryo viloyatidagi oʻrganish ishlari davom etmoqda.

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага