31 May 2023
696
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari boshchiligidagi ishchi guruhining Fargʻonadagi oʻrganishlari davom etmoqda
General-mayor B.Abdullayev Fargʻona viloyatiga qilgan tashrifi davomida viloyat Milliy gvardiyasi Qoʻriqlash boshqarmasida tashkil etilgan Situatsion markaz faoliyati bilan tanishdi. Markaz bevosita jamoat xavfsizligini taʼminlash, qoʻriqlovga olingan obyektlar muhofazasini tashkil etishda yangi imkoniyatlarga ega.
Tashrif davomidagi navbatdagi manzil Fargʻona shahrining Mashʼal mahallasida tashkil etilgan City Ferma“ boʻldi. U yerda 6 nafar ishsizlar, 3 nafar yoshlar, shuningdek “Ayollar daftari” turgan 5 nafar shaxslarning bandligi taʼminlangan.