17 Sentabr 2021 948

Ichki ishlar vaziri o'rinbosari Buxoro viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari bilan yuzma-yuz uchrashdi

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari, Jamoat xavfsizligini ta'minlash departamenti boshlig'i polkovnik Bekmurod Abdullaev xizmat safari bilan Buxoro viloyatida bo'lib turibdi.

Joriy yilning 16 sentyabr` kuni vazir o'rinbosari Bekmurod Abdullaev, O'zbekiston Respublikasi Prezident xavfsizlik kengashi sho'ba mudiri Muzaffar ergashev bilan birgalikda, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik Shuxrat Aliev hamda boshqa mutasaddi rahbarlar hamrohligida Buxoro tumani Madaniyat saroyida Buxoro, Romitan va Peshku tumanlari, Vobkent tumani hokimligi binosida esa Vobkent, G'ijduvon hamda Shofirkon tumanlarida xizmat olib borayotgan profilaktika (katta) inspektorlari bilan yuzma-yuz uchrashib, mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yo'l qo'yib kelinayotgan tizimli kamchiliklarni muhokama qildi.

Polkovnik Bekmurod Abdullaev profilaktika inspektorlari bilan samimiy va ochiq muloqot qilib, Prezidentimiz tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmatiga, ayniqsa profilaktika inspektorlariga yaratilayotgan qulay sharoitlar to'g'risida so'z yuritib, xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qat'iy rioya qilishlari, sohadagi ayrim muammolarni bartaraf qilish bo'yicha o'zining talab, taklif hamda tavsiyalarini bildirdi.

O'tkazilgan muloqotlar davomida «Xavfsiz hudud» keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida tashkil etilgan profilaktik tadbirlarda samarali ish olib borgan, o'ziga biriktirilgan xizmat hududida jamoat xavfsizligini ta'minlash, jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlarni to'g'ri tashkil etib, mahallasini jinoyatlardan holi hududga aylantirgan, jinoyat sodir etilishiga yo'l qo'ymagan profilaktika (katta) inspektorlarining 24 nafariga Ichki ishlar vazirligining tashakkurnomasi va pul mukofotlarini topshirdi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага