23 Noyabr 2022 801

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor A.I.Ikramovning sayyor qabuli Beruniy tumanida davom etdi

Bugungi kunda aholining yashash sharoitini yaxshilash, odamlar bilan bilan ochiq muloqot orqali ularni qiynab kelayotgan muammolarga yechim topish maqsadida sayyor qabullar oʻtkazilib kelinmoqda. Joriy yilning 23-noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanidagi “Axborot markazi” binosida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor A.I.Ikramovning sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Qabulga, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik B.Torebekov, uning oʻrinbosarlari, boshqarma va sohaviy xizmatlar rahbarlari ishtirok yetishdi. Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan sayyor qabulda murojaatlar asosan, fuqarolikni rasmiylashtirish, soha xodimlariga minnatdorchilik, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilish, tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlaridan norozilik hamda fuqarolarning ijtimoiy masalalari yuzasidan fuqarolardan 51 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlsa, murojaatlarning 29 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan 8 ta murojaatlar, koʻrib chiqish uchun tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olingan boʻlsa, 14 ta murojaat boʻyicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Sayyor qabul davomida, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olingan fuqarolarga va 16 yoshga toʻlgan bir guruh yoshlariga shaxsini tasdiqlovchi ID kartalari topshirildi. 5 nafar xotin-qizlarning har biriga tikuv mashinasi, 10 nafar xotin-qizga qandolatchilik bilan shugʻullanishlari uchun elektropechkalar topshirildi hamda 2 nafar fuqaroga oʻzini band qilishi uchun payvandlash uskunasi topshirildi. Shuningdek fuqaro k.Abdusamatovaning farzandiga oʻquv kontrakt pullarini toʻlashlari uchun 10 mln soʻm miqdorida pul mablagʻi ajratilib, fuqaro T.Allamberganov Beruniy tumanida joylashgan “Raʼno savdo sotiq” MCHJga haydovchi lavozimiga ishga joylashtirildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага