20 Oktabr 2021 4959

Ichki ishlar vaziri o'rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov respublikamizda o'tkaziladigan yirik tadbirlar davrida xavfsizlikni ta'minlash borasidagi vazifalar yuzasidan yig'ilish o'tkazdi

2021 yil 20 oktyabr` kuni O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o'rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha qo'shinlari qo'mondonligi hamda I.Karimov nomidagi «Toshkent» xalqaro aeroportida xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha alohida batal`onida yig'ilish o'tkazdi.

Yig'ilishda vazir o'rinbosari mustaqillik yillarida mamlakatimizda ichki ishlar organlari g'oyat sharafli va mas'uliyatli yo'lni bosib o'tganligi, tinchlik-osoyishtalik­ni, jamoat tartibi va fuqarolar xavfsizligini himoya qilishning ishonch­li himoyachisiga aylanganligini hamda 24 oktyabr` O'zbekiston Respublikasi Prezidenti­ saylovini munosib o'tkazish, fuqarolar­ning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xavfsizli­gini ta'minlash, huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to'g'risida gapirib shaxsiy tarkibga vazifalar belgiladi.

IIV Transport va turizm ob'ektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamenti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага