15 Sentabr 2021 1075

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari IIV otaligʻiga berilgan Buxorodagi 32-son Mehribonlik uyi faoliyatini oʻrgandi

Buxoro viloyatiga xizmat safari bilan kelgan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Bekmurod Abdullayev joriy yilning 15 sentyabr kuni Ichki ishlar vazirligi otaligʻiga berilgan Buxoro shahridagi 32-Mehribonlik uyi faoliyati bilan tanishib, muassasada taʼlim tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab quvvatlash, muassasa tarbiyalanuvchilarining taʼlim olishi, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yashash sharoiti va ish bilan taʼminlash borasidagi mavjud muammolarni oʻrgandi.

Oʻrganish jarayonida aniqlangan qator masalalar yuzasidan va muassasa tarbiyalanuvchilari uchun munosib shart-sharoitlar yaratish borasida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berib, ijrosini alohida nazoratga oldi.

Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага