6 Sentabr 2021 573

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari IIV Samarqand Akademik litseyiga tashrif buyurdi

Bugun barcha taʼlim maskanlarida oʻquv jarayonlari boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasi IIV Samarqand Akademik litseyida ham yangi oʻquv yili oldidan “Bilimlar kuni” tadbiri oʻtkazildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Yahyojon Abdulhaqov hamda Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shavkat Raxmonovlar ishtirok etib, litsey oʻqituvchi va oʻquvchilarini “Bilimlar kuni” bayrami hamda yangi oʻquv yili boshlanganligi munosabati bilan tabriklashdi. Oʻquvchilarni oʻqishlarida omad va zafarlar tiladilar.

Shuningdek, rahbarlar akademik litseyda oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirishdi.

Yangi oʻquv yili avvalida bu kabi samimiy uchrashuv oʻquvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan boʻldi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага