2 Mart 2022 1037

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Navoiy viloyatida IIV Qorovul qo‘shinlari harbiy qism xizmatchilari bilan uchrashdi

Joriy yilning 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli Navoiy shaxrida joylashgan 7532 harbiy qismga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida harbiy qism xizmatchilari bilan yuklatilgan vazifalarni aʼlo darajada bajarish, shaxsiy tarkibning jangovar shayligi va jangovar tayyorgarligi, harbiy intizomni mustahkamlash hamda salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha profilaktik suhbat olib borildi.

Shuningdek 2022-2023 yil chaqiruvdagi muddatli harbiy xizmatchilarni munosib kutib olish uchun harbiy qismda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Shaxsiy tarkibni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan say-harakatlar va harbiy qismdagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi va kerakli ko‘rsatmalar berildi.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага