Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Qashqadaryo viloyatida bir qator obyektlarga tashrif buyurdi
“Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori asosida Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligi bayrami arafasida Ichki Ishlar vazirining oʻrinbosari – Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti boshligʻi general – mayor Baxodir Mirzaraximov Qashqadaryo viloyati Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasiga tashrif buyurdi.
Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari saf maydoniga yigʻilgan shaxsiy tarkibni istiqlol bayrami bilan tabriklab, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, fuqarolar bilan xushmuomala boʻlish, qutlugʻ shodiyonani tinch osuda oʻtkazish boʻyicha xodimlarga yoʻriqnoma oʻtdi.
Boshqarmada xodimlarning xizmat olib borishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan boshqarma boshligʻiga tegishli koʻrsatmalar berdi.
General – mayor Baxodir Mirzaraximov IIV JIED toʻrtinchi mintaqaviy hudud 5-sonli Tergov hibsxonasi va 2-sonli JIEKda boʻldi.
Saf maydonida barcha shaxsiy tarkibni istiqlol bayrami bilan tabriklagan Vazir oʻrinbosari xodimlarga xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, fuqarolar bilan xushmuomala boʻlish, qutlugʻ shodiyonani tinch osuda oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnoma berdi.
Tergov hibsxonasida harbiy xizmatchilar va shaxsiy tarkibning xizmat oʻtashi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni koʻzdan kechirib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berdi.
Soʻngra, muassasalarda mahkumlarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlarni ham koʻzdan kechirdi.
Ichki ishlar vazirining oʻrinbosarining Qashqadaryo viloyati boʻylab oʻrganishlari davom etmoqda.
Vazir oʻrinbosari Istiqlolimizning oʻttiz ikki yilligi bayramini munosib oʻtkazish, tadbir davomida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlashni oʻrganish maqsadida Qashqadaryo viloyatidagi qator mahallalarda boʻldi.
Jumladan, Qarshi shahridagi “Xontepa”, Qarshi tumanidagi “Oʻzbekiston mustaqilligi” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, beshlik bilan osoyishtalikni mustahkamlash, jinoyatlarni oldini olish, fuqarolarning kundalik va maishiy muammolarini hal etish, bandligini taʼminlash borasida tegishli tavsiyalar berdi.
Qarshi tumanidagi 71-maktabda boʻlgan general-mayor Baxodir Mirzaraximov yangi oʻquv yili boshlanishi arafasida oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarini koʻzdan kechirdi.
Bu borada masʼul mutasaddilarga amalga oshirilish lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berdi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati