28 Avgust 2022 852

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Qoraqalpogʻistondagi bir nechta boʻlinmalarga tashrif buyurdi

Joriy yilning 27-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Transportda XTB Nukus bekatidagi boʻlinmasi, Nukus xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻlinmasi hamda 7261-sonli harbiy qismga tashrif buyurdi.

Vazir oʻrinbosari Transportda XTB Nukus bekatidagi boʻlinmasiga tashrif buyurib, shaxsiy tarkib bilan uchrashdi. Tashrif davomida xodimlarga xizmat intizomi mustahkamlash, qonunchilikka rioya etishlik, hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash va xizmatga sidqi dildan yondashish kerakligi haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida temir yoʻl ishchi xodimlari hamda temir yoʻl yaqinida joylashgan mahalla fuqarolar yigʻini raislari bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.

Vazir oʻrinbosari IIV Nukus xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻlinmasi xodimlari hamda 7261-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilar bilan yaqindan suhbatlashdi va Harbiy qismning shart-sharoitlari, xizmat oʻtash tartibi, aloqa va texnik qoʻriqlash vositalari bilan tanishib kerakli koʻrsatmalarni berdi.

Vazir oʻrinbosari yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda eng avvalo jangovar vazifalarni aʼlo darajada bajarish, tinchlik degan bebaho neʼmatni chuqur anglagan holda unga barchamiz masʼul ekanimizni unutmasdan, doimo sergak va ogoh boʻlib xizmat qilish kerakligi haqida taʼkidlab oʻtdi.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага