Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Shahrisabz shahar “Ipak yoʻli” mahallasida boʻldi
2023-yil 19-yanvar kuni Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor A.I.Ikramov Shahrisabz shahar, “Ipak yoʻli” mahallasiga tashrif buyurib, mahalla raisi va profilaktika inspektori bilan qish mavsumida aholiga yaratilgan shart-sharoitlar toʻgʻrisida suhbatlashdi. Soʻngra, Vazir oʻrinbosari mahallaning Ipak yoʻli koʻchasida yashovchi fuqarolar Z.Fayzullayeva, Sh.Mirzayev xonadoniga tashrif buyurdi. Bu tashrifni xonadon sohiblari kutishmaganini bildirdi.
Suhbat davomida Sh.Mirzayevning onasi G.Meylikova betobligi bildirganda Vazir oʻrinbosari Shahrisabz shahar Tibbiyot birlashmasi boshligʻiga sogʻligʻini oʻrganish va amaliy yordam berishni tavsiya etdi.
Shu mahallada yashovchi yana bir guruh fuqarolar respublika va viloyat sektori hamda mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga oʻz minnatdorchiligini bildirishdi.
Shundan soʻng Shahrisabz shahar, “Ipak yoʻli” mahallasidagi koʻp qavatli uylar oldi va yoʻlaklariga tuz va qum aralashmalari sepilib, muzlamalardan tozalash topshirigʻi berildi.
Shahrisabz shahar “Kesh” MFYda joylashgan «Yangi kesh» dehqon bozoriga tashrif buyurgan respublika ishchi guruhi bozordagi oziq-ovqat narxlari, omborga jamlangan qishloq xoʻjalik mahsulotlari zaxirasini oʻrganib, doimiy ravishda savdo yarmarkalari tashkil etish toʻgʻrisida bozor maʼmuriyatiga topshiriq va tavsiyalar berdi.
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati