22 Yanvar 2023 592

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Sirdaryo hamda Boyovut tumanlaridagi aholiga yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov hamda viloyat IIB boshligʻi polkovnik S.B.Djabarov aholiga yaratilgan sharoitlarni, ularni kundalik va maishiy muammolarini hal etish hamda elektr energiyasi va gaz taʼminoti, koʻmir yoqilgʻisi yetkazib berish borasida amalga oshirilgan ishlarni yaqindan oʻrganish maqsadida Boyovut hamda Sirdaryo tumanlariga tashrif buyurdi.

Dastavval vazir oʻrinbosari anomal sovuq tufayli Boyovut tumanida tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyat bilan tanishib, sohaviy xizmat vakillariga fuqarolardan tushayotgan murojaatlarni oʻz vaqtida oʻrganib, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berdi. Shundan soʻng respublika ishchi guruhi tomonidan tuman markaziy shifoxonasida bemorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi xamda shifoxonada yotgan bemorlar holidan xabar olingan boʻlsa, vazir oʻrinbosari Ya.A.Abdulxakov Sirdaryo tumanidagi oʻrganishlari davomida tuman hududida joylashgan “Sirdaryo muruvvat nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi”da ayollarga yaratilgan shart-sharoitlarni, muruvvat uyining isitish tizimlari koʻzdan kechirdi va aniqlangan muammolarni joyida bartaraf etish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.

Barchamizga maʼlumki, kelayotgan haftada barcha taʼlim muassasalarida anʼanaviy dars jarayonlari boshlanadi shu bois mutasaddilar tomonidan Sirdaryo hamda Boyovut tumanlardagi umumiy oʻrta taʼlim maktablarida oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va isitish tizimlari koʻzdan kechirilib, mavjud muammolarni joyida bartaraf etilishini oʻz nazoratlariga olishdi.

Viloyat boʻylab ishchi guruhning oʻrganishlari davom etmoqda.

Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага