19 May 2022 154

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari tomonidan Toshkent viloyatida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilmoqda

Xabar berilganidek, joriy yilning 18-24 may kunlari Respublika ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyati aholisi uchun ommaviy sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

19 may kuni O‘rta Chirchiq tumanida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulda, aholining tizimga oid murojaatlari Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov va viloyat IIBB boshlig‘i general-mayor Tohir Aripov tomonidan qabul qilindi va aksariyati shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi. 

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan qabulda fuqarolar – mol-mulk va boshqa buyumlarni olib qaytarmaslik, surishtiruv va tergov, IIOga ishga va o‘qishga kirish, xodimlarning noo‘rin xatti-harakatidan norozilik, ijtimoiy himoya va moddiy yordam berish, yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash va boshqa turdagi masalalar bilan murojaat qilishdi.

Ushbu murojaatlarning pasport, yo‘l harakati, IIOga ishga va o‘qishga kirish bo‘yicha 11 tasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etadigan 46 ta murojaatni ko‘rib chiqish Vazir o‘rinbosari tomonidan nazoratga olindi.

Tadbir so‘ngida, vazir o‘rinbosari 20 yildan buyon O‘zbekiston hududida yashab fuqaroligi bo‘lmagan 4 nafar shaxslarni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganligi bilan qutlab, ularga rasmiylashtirilgan ID-kartalarni topshirdi.

Ayni kunlarda aholi bilan sayyor uchrashuvlar viloyat bo‘ylab davom ettirilmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага