26 Aprel 2022 760

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlar bilan uchrashdi

2022-yil 25-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor Mirzaraximov Baxodir Yuldashevich Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurib, tashrif davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasida boʻlib, boshqarma shaxsiy tarkibi bilan suhbatlashdi hamda boshqarma maʼmuriy binosini koʻzdan kechirib, shaxsiy tarkibga xizmat olib borishda mavjud kamchiliklar boʻyicha kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan tashkiliy ishlar borasida topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, Qoʻngʻirot temir yoʻl vokzali maʼmuriy binosi hamda perroni koʻzdan kechirilib, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishda bir qator kamchiliklarning mavjudligi va vokzal binosining taʼmirlashga muhtoj holga kelib qolganligi atab oʻtilib, bu borada tegishli choralarni koʻrish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, vazir oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Nukus temir yoʻl vokzaliga tashrif buyurib, vokzal maʼmuriy binosini va perronini koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, ushbu vokzalda xizmat olib boruvchi boʻlinma xodimlari bilan yaqindan tanishib, xodimlarning oilaviy sharoitlari hamda xizmat olib borishda mavjud boʻlgan muammo va kamchiliklar yuzasidan suhbat oʻtkazilib, boʻlinma navbatchilik qismini IIV Transportda XTBB bilan ulanish imkonini beruvchi aloqa vositalarini oʻrnatish boʻyicha topshiriq berildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi IIV Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага