17 May 2022 1601

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga tashrif buyurdi

2022-yil 17-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli 7251-sonli harbiy qismga Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor Bahodir Mirzarahimov tashrif buyurdi. Qoʻshin shaxsiy tarkibi saf maydonida jamlandi.

Tashrif davomida vazir oʻrinbosari tomonidan 2022-yil oʻquv mavsumi munosabati bilan tashkillashtirilgan dars mashgʻulotlariga yigʻilgan qoʻshin tarkibidagi harbiy qismlar komandirlarining birinchi oʻrinbosarlariga bir qator koʻrsatma va vazifalar belgilandi. 

Tashrif yakunida vazir oʻrinbosari boʻlinmalar tarkibidagi harbiy xizmatchilar bilan birma-bir suhbatlashib, Qoʻmondonlikda tashkil etilgan IIV Malaka oshirish instituti serjantlar tayyorlash kursi tinglovchilarining fikr va takliflari bilan qiziqdi.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага