29 Aprel 2022 813

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Xorazm viloyati IIB TXTB xodimlarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Joriy yilning 28-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov Xorazm viloyati IIB TXTBga tashrif buyurib, xodimlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Dastavval, Xorazm viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan uchrashib, xodimlarga yaratilgan shart –sharoitlar, xizmat intizomi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan olib borilayotgan islohotlar yuzasidan suhbatlashildi.

Xodimlarga ushbu sharafli va masʼuliyatli burchni bajarishda yanada eʼtiborliroq boʻlishligi va yurtga sadoqat bilan xizmat qilish oliy saodat ekanligi, xizmatni ogohlik va hushyorlik bilan olib borish, fuqarolar bilan xushmuomala boʻlish, xizmat vazifasini yanada samarali olib borishlari toʻgʻrisida bir qator koʻrsatma va topshiriqlar berdi.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага