19 Noyabr 2021 591

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari IIV Xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga tashrif buyurdi

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari  general-mayor  B.Y.Mirzaraximov 2021-yil 19-noyabr kuni IIV  Xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga tashrif buyurib yigʻilish oʻtkazdi. 

Yigʻilishda vazir oʻrinbosari 18-noyabr  Oʻzbekiston  Respublikasi davlat bayrogʻi tasdiqlanganligining 30 yilligi munosabati bilan shaxsiy tarkibni tabriklab, harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi, maʼnaviy-maʼrifiy va jangovar tayyorgarligini yanada oshirish kerakligini gapirib oʻtdi. 

Shundan soʻng vazir oʻrinbosari Qoʻshin qoʻmondonining yuridik ishlari boʻyicha yordamchisi adliya podpolkovnigi M.Mamanovga Ichki ishlar vazirining buyrugʻi bilan navbatdagi polkovnik unvonini tantanali ravishda topshirdi.

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага