Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 7534 harbiy qismga tashrifi tafsiloti
Tashrif avvalida Vazir o‘rinbosari general-mayor B.Mirzaraximov shaxsiy tarkibga “Jangovar vazifalarni aʼlo darajada bajarish, tinchlik degan bebaho neʼmatni chuqur anglagan xolda unga barchamiz masʼul ekanimizni unutmasdan, doimo sergak va ogoh bo‘lib xizmat qilish kerak”ligini alohida taʼkidladi.
Vazir o‘rinbosari, harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarlikdagi sifatlarini oshirish bilan bir qatorda, ularning huquqiy va maʼnaviy-maʼrifiy bilim saviyalarini oshirish borasida xam masʼul rahbarlarga vazifalar belgilab berdi.
Tashrif davomida harbiy qism avtosaroyidagi jangovar texnika va avtoulovlarni shayligini taʼminlash, ularga ko‘rsatiladigan kunlik va mavsumiy texnik ko‘riklar sifatini oshirish hamda zaruriy ehtiyot qismlari va yoqilg‘i-moylash mahsulotlariga alohida eʼtiborini qaratdi.
Shuningdek askarlar yotoqxonasida shaxsiy tarkibga yaratilayotgan sharoitlar va ularni yaxshilash borasida masʼul rahbarlarga vazifalar qo‘ydi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti