Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining Qorovul qo‘shinlari harbiy qism va bo‘linmalariga navbatdagi tashrifi
Joriy yilning 9 iyun kuni Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor B.Yu.Mirzaraximov, 7531 harbiy qismda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida tashrif buyurdi.
Dastavval Vazir o‘rinbosari general-mayor B.Mirzaraximov, hozirgi vaqtda qo‘shni davlatlar va mintaqamizda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlar haqida to‘xtalib o‘tar ekan, yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda eng avvalo jangovar vazifalarni aʼlo darajada bajarish, tinchlik degan bebaho neʼmatni chuqur anglagan holda unga barchamiz masʼul ekanimizni unutmasdan, doimo sergak va ogoh bo‘lib xizmat qilish kerakligi haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, qo‘riqlab borish bo‘yicha qorovullik jangovar xizmatida o‘zining jonbozligi va fidokorona xizmatlarini namoyon etgan bir guruh harbiy xizmatchilar Vazir o‘rinbosari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar hamda navbatdagi harbiy unvonlar berildi.
Vazir o‘rinbosari, harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarlikdagi sifatlarini oshirish bilan bir qatorda, harbiy xizmatchilarning huquqiy, bilimlari maʼnaviy-maʼrifiy bilim saviyalarini oshirish borasida ham masʼul rahbarlarga vazifalar belgilab berdi.
Bundan tashqari, tashrif davomida navbatchilik qismi, qism avtosaroyidagi jangovar texnika va avtoulovlarni shayligini taʼminlash ularga ko‘rsatiladigan kunlik va mavsumiy texnik ko‘riklar sifatini oshirish, zaruriy ehtiyot qismlari va yoqilg‘i-moylash mahsulotlariga alohida eʼtiborini qaratdi.
Qism hududida tashkil etilgan “Vatanparvarlik lageri”, askarlar yotoqxonasi va oshxonasida muddatli harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ovqatlarni belgilangan meʼyorlar asosida sifatli tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti