25 Oktabr 2021 3987

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosarining Xorazm viloyatiga tashrifi

“25-oktyabr - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakov joriy yilning 24-oktyabr kuni Xorazm viloyati IIB tergov boʻlinmalarida koʻp yillar davomida namunali xizmat qilib, nafaqaga chiqqan isteʼfodagi polkovnik Allamov Kasim hamda marhum polkovnik Xusinov Xasan Abdullayevichning xonadonlariga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida faxriylar va ularning oila aʼzolari holidan xabar olinib, tergov tarixi, oʻtgan va hozirgi vaqtdagi ish tartibi, shuningdek, ularning ish faoliyati, mamlakatimizning ravnaqi uchun koʻrsatgan chuqur fidoyiligi haqida suhbatlashildi.

Tergov departamenti tomonidan ustoz-shogird anʼanasiga alohida eʼtibor berilib, ichki ishlar faoliyatida faxriylarning bosib oʻtgan yoʻllari esga olinib, ularning koʻrsatgan fidoyiligi va zahmatkashligi unutilmas zarhal harflar bilan qalblarga chuqur singdirilishi taʼkidlandi.

Suhbat yakunida, faxriylarga Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan chop etilgan “Tergov xizmati faxriylari” kitobi hamda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati nomidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага