8 Aprel 2022 1911

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Surxondaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasiga tashrif buyurdi

Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari general-mayor B.Yu. Mirzaraximov joriy yilning 8-aprel kuni Surxondaryo viloyati IIB Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Boshqarmada xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat faoliyati va ularga yaratib berilgan shart sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bundan tashqari IIV tizimida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda Surxondaryo viloyati IIB Transportda XTB navbatchilik qismi ish faoliyati va xizmat hududlarida oʻrnatilgan videokuzatuv moslamalarini boshqarma navbatchilik qismidagi situatsion markaziga integratsiya qilish holatlari oʻrganildi. Xodimlarning kasbiy va jismoniy tayyorgarlik sohasida oʻrganilgan bilimlari yuzasidan birma-bir savol javoblar qilindi, hamda qurollarni toʻliq va toʻliqsiz qismlarga ajratish boʻyicha mahoratlari oʻrganildi.

Kasbiy va jismoniy tayyorgarlik sohasida tegishli yoʻriqnomalar berildi.

Tashrif soʻngida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan koʻrsatma va topshiriqlar berdi.

IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага