18 Yanvar 2023 530

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Pastdargʻom tumanida oʻrganishlar olib bordi

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari general-mayor B.Yu.Mirzarahimov joriy yilning 18-yanvar kuni Pastdargʻom tumanida ijtimoiy-siyosiy vaziyatni oʻrgandi.

Jumladan, tuman 4 ta sektor rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkazilib, shundan soʻng, kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish boʻyicha tuman hokimligiga tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyati bilan tanishib, aholini gaz, elektr va suv taʼminoti borasida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli korxona xodimlariga koʻrsatmalar berildi.

Soʻng, vazir oʻrinbosari tuman dehqon bozoridagi narx-navoni, shuningdek maktablardagi isitish tizimini koʻzdan kechirib, oʻzining zaruriy tavsiyalarini berdi.

Shu bilan birga, tumanda yashovchi yashovchi ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar holidan xabar oldi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага