6 Sentabr 2021 703

Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Samarqandda IIB boshliqlari otaligʻida boʻlgan maktablar bilan tanishdi

6-sentyabrdan barcha taʼlim maskanlarida yangi oʻquv yili munosabati bilan “Bilimlar kuni” tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari polkovnik Yahyojon Abdulhaqov hamda Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Shavkat Raxmonovlar viloyat 3-sektorlari hududida joylashgan IIB boshliqlari otaligʻidagi maktablarda oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, maktablarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, kutubxonalar fondi, oʻquv sinflar holati bilan tanishdilar.

Maktab maʼmuriyati bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni oʻrganishdi. Oʻquvchilarni yetarlicha taʼlim va tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish lozimligi boʻyicha sektor rahbarlariga vazifalar qoʻyildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага