Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo'yicha buyrug'i bilan lavozim tayinlovi amalga oshirildi
podpolkovnik
Maxsudov Farxodbek Turg'unboevich
Andijon viloyati Andijon tumani IIB boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar F.Maxsudov Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
podpolkovnik
Alimov G'olibjon Ubaydullaevich
Andijon viloyati Jalaquduq tumani IIB boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar G'.Alimov Andijon viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, uyushgan jinoyatchilikka va qurol bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo'limi boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.
podpolkovnik
Qunduzov Murodjon Abdumutalib o'g'li
Farg'ona viloyati Oltiariq tumani IIB boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar M.Qunduzov IIV O'z xavfsizligi boshqarmasi Farg'ona viloyati bo'yicha bo'limi o'ta muhim ishlar bo'yicha tezkor vakili lavozimida faoliyat yuritgan.
IIV Axborot xizmati