O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga asosan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi
general-mayor
Ikramov Azizbek Isroilovich
Ichki ishlar vazirining o'rinbosari – Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar A.Ikramov Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
general-mayor
Mirzaraximov Baxodir Yuldashevich
Ichki ishlar vazirining o'rinbosari – Transport va turizm ob'ektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamenti boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar B.Mirzaraximov Ichki ishlar vazirining jazolarni ijro etishni ta'minlash va harbiy tuzilmalar bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
polkovnik
Abdullaev Bekmurod Tojimirzaevich
Ichki ishlar vazirining o'rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar B.Abdullaev O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo'mondonining jamoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
IIV Kadrlar bosh boshqarmasi