29 Yanvar 2023 1817

Ichki ishlar vazirligi ekspert-kriminalistika bosh markazi dron operatori lavozimiga tanlov eʼlon qiladi

Ichki ishlar vazirligi ekspert-kriminalistika bosh markaziga “Dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish” mutaxassisligi boʻyicha malakaga ega boʻlgan fuqarolardan dron operatori sifatida mutaxassis yoki texnik ishchi etib shartnoma asosida ishga jalb etish maqsadida tanlov yuzasidan

EʼLON

1. IIV EKBMga dron operatori etib shartnoma asosida mutaxassis yoki texnik ishchi sifatida tanlov shartlari:

- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi lozim.

- Toshkent shahrida yashash joyiga ega boʻlishi lozim.

- Oliy maʼlumotli, “Dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish” mutaxassisligiga ega boʻlishi lozim.

- Dronlarni loyihalash va ekspluatatsiya qilish boʻyicha bilim, koʻnikma va malakaga ega boʻlishi lozim.

- Sogʻligʻi boʻyicha mutaxassis sifatida faoliyat olib borishda cheklovlar boʻlmasligi lozim.

- Huquqbuzarliklar sodir qilmagan boʻlishi lozim lozim.

2. Mutaxassis yoki texnik ishchilarning mehnatiga haq toʻlash miqdori, ish vaqti, asosiy vazifalari, majburiyatlari va huquqlari belgilangan tartibda ikki tomonlama tuziladigan shartnomada belgilanadi.

3. Nomzodlar 2023-yil 2-fevral kuniga qadar ish kunlari soat 09:00dan 17:00 gacha IIV EKBMga murojaat qilishi lozim.

Murojaat uchun telefon: 71-231-47-91, 71-231-40-43

IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага