25 Iyun 2022 2147

Ichki ishlar vazirligi Fargʻona akademik litseyi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi

Yakunlangan oʻquv yilida Ichki ishlar vazirligi Fargʻona akademik litseyini 365 nafar oʻquvchilar tamomladi. Ushbu oʻquvchilar orasidan namunali xulqqa ega, tartib-intizomli, fanlarni yaxshi oʻzlashtirgan, turli fan olimpiadalari, koʻrik-tanlovlar va musobaqalarda gʻolib boʻlib, oʻquv yurti sharafini munosib himoya qilgan 12 nafari imtiyozli diplomga ega boʻldi.

Bugun Akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda oʻquvchilarning ota-onalari va yaqinlari ham ishtirok etdilar.

Tantanali tadbirda Fargʻona viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Muhiddin Joʻrayev soʻzga chiqib, katta hayot ostonasida turgan yigit-qizlarga oq yoʻl tiladi.

Shundan soʻng bitiruvchilarga diplomlar topshirildi.

Tadbirda ota-onalar va bitiruvchilar ham soʻzga chiqib, akademik litsey maʼmuriyati va fidoyi ustozlarga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага