20 May 2022 497

Ichki ishlar vazirligi hamda hududiy ichki ishlar organlari tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va metodistlari uchun seminar boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 16-17-may kunlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda hududiy ichki ishlar organlari tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim-tarbiya sifatini yangi pogʻonaga koʻtarish, bolalarda Vatanga muhabbat xislati hamda yangicha dunyoqarashni shakllantirib, mamlakatimiz kelajagi uchun munosib farzand boʻlib yetishishlari, taʼlim-tarbiya borasidagi ishlarni davlat dasturi asosida amalga oshirilishini, barcha maktabgacha taʼlim tashkilotlarida yagona tizim asosida faoliyat yuritilishini taʼminlash maqsadida mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va metodistlari ishtirokida Ichki ishlar vazirligida seminar mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Seminarning birinchi kuni vazir oʻrinbosari general-mayor A.I.Ikramov tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va metodistlari bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, IIV Akademiyasining Axborot resurslar markazida Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining oʻqituvchilari tomonidan seminar hamda praktik mashgʻulotlar oʻtkazildi.

Seminarning ikkinchi kuni maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va metodistlari oʻzaro tajriba almashishlari uchun Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi 1-son “Nihol” maktabgacha taʼlim tashkiloti hamda Yangihayot tumani 44-son “Baxtli bolalik” davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan tanishdilar.

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага