5 Sentabr 2021 1218

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazining bo'sh lavozimlari bo'yicha e'lon

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining normativ hujjatlari asosida oʻtkaziladi.

Boʻsh lavozimlar:

1) bosh ilmiy xodim lavozimlari (3 ta);

2) yetakchi ilmiy xodim lavozimlari (10 ta);

Nomzodlarga qoʻyiladigan talablar:

Bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim lavozimlari uchun:

1) ilmiy, tahliliy ishlanmalar (axborot xati, maqola, monografiya, uslubiy qoʻllanma, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot loyihalari)ni tayyorlash, ilmiy baholash, prognoz qilish, sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish va takliflar ishlab chiqish koʻnikmasiga ega;

2) ilmiy darajaga ega (yoki “tizimli tahlil va istiqbolni belgilash” mutaxassisligi boʻyicha magistr darajasiga ega);

3) bitta xorijiy til (rus, ingliz, turk, koreys, nemis yoki fransuz tili)ni erkin muloqot va rasmiy tarjima qilish darajasida biladigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari.

Tanlovda qatnashish istagini bildirgan nomzodlar IIV Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markaziga murojaat qilishi mumkin.

Murojaat uchun telefon: 71-231-48-63.

Ish sharoiti: yuqori ish haqi, kuchli ijtimoiy-huquqiy himoya, erkin ijodiy muhit, huquqiy islohotlarda bevosita ishtirok etish, ichki ishlar organlarida va xorijiy politsiya organlarida amaliy tajriba orttirish, kasbiy oʻsish (karyera), ilmiy-tadqiqot ishlari, shu jumladan, grantlar va dissertasiya ishlari bilan shugʻullanish uchun qulay imkoniyatlar (amaliy, uslubiy, sotsiologik, normativ va ilmiy bazadan keng foydalanish). Toshkent shahrida turar-joyni ijaraga olgan xodimlarga pul kompensatsiyasi toʻlanadi.

Eslatma: Tanlov shartlari va oʻtkazilishi tartibi, shuningdek, mehnat sharoiti va ish haqi haqida batafsil maʼlumotlarni IIV Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazidan olish mumkin.

IIV Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага