8 Sentabr 2021 692

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ilmiy kengash o'z faoliyatini boshladi

O'zbekiston Respublikasi  Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Ilmiy kengashi yangi o'quv yilidan o'z faoliyatini boshladi. Ilmiy kengash yig'ilishi kun tartibida o'quv, o'quv–metodik, ilmiy-tadqiqot,  moddiy-texnika ta'minoti masalalari ko'rib chiqildi.

Shuningdek, professor-o'qituvchilar tarkibi tomonidan tayyorlangan o'quv dasturlar va o'quv qo'llanmalar muhokama etildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar bo'yicha taklif va tavsiyalar berildi.

O'zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага