29 Yanvar 2023 1004

Ichki ishlar vazirligi shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlarining tinglovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi taʼlim muassasalari boʻyicha boʻlimi oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakili hamda Malaka oshirish instituti boshlangʻich kasbiy tayyorgarlik oʻquv-yigʻinida yoʻl harakati xavfsizligi yoʻnalishida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi taʼlim muassasalari boʻyicha boʻlimi oʻta muhim ishlar boʻyicha tezkor vakili soʻzga chiqib, Institut tinglovchi xodimlari oʻrtasida qonun buzilishiga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarning ahvoli hamda kelgusidagi vazifalar toʻgʻrisida alohida toʻxtaldi. 

Shuningdek, yoʻl harakati xavfsizligi tizimlarida xizmat vazifasini bajarish paytida yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yetkazib, xizmatda xodimlarning oʻz kasbiga befarq va loqayd boʻlmasliklari toʻgʻrisida alohida toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, uchrashuvda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan berilgan topshiriqlar shaxsiy tarkibga yetkazildi.

IIV Malaka oshirish instituti

© 2006-2023. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага