Ichki ishlar vazirligi tarkibiy tuzilmalari ayol xodimalari o‘rtasida badminton sport turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Joriy yilning 27 sentyabr kuni IIV JAR SSKda Ichki ishlar vazirligi tarkibiy tuzilmalari ayol xodimalari o‘rtasida badminton sport musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada vazirlik markaziy apparatining barcha sohaviy xizmat xotin-qizlari qatnashib, uch bosqichda o‘zaro bellashdilar.
Musobaqa yakuniga ko‘ra faxrli birinchi o‘rinni Moliya va moddiy texnika taʼminoti departamenti Moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi kichik inspektori kichik serjant Toxtayeva Maʼmura Zairovna, faxrli ikkinchi o‘rinni Tibbiyot boshqarmasi Markaziy poliklinika g‘aznachisi katta serjant Niyozova Gulnoza Daniyorovna, va faxrli uchinchi o‘rinni esa Moliya va moddiy texnika taʼminoti departamenti yetakchi yuriskonsulti mayor Sayfullina Yuliya Anatolyevna qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, “Faol ishtiroki uchun” nominatsiyasi bo‘yicha Xo‘jalik boshqarmasi ombor boshlig‘i safdor Sh.Odilova, Huquqiy statistika va tezkor maʼlumotlar markazi bosh mutaxassisi kapitan T.Yarnix, “G‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha Tashkiliy departament kichik inspektori kichik serjant M.Salimova, “Eng tajribali xodima” nominatsiyasi bo‘yicha Tibbiyot boshqarmasi bosh inspektori podpolkovnik M.Axmedova munosib deb topildi. Musobaqa g‘oliblariga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar tantanali tarzda topshirildi.
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha guruhi