6 Sentabr 2021 1281

Ichki ishlar vazirligi tizimida “ekologiya politsiyasi”ni tashkil etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar

Joriy yil 24-avgust kuni davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida mamlakatimizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy baholanib, bu sohadagi qonunbuzarliklar, jumladan daraxtlarni ruxsatsiz kesish, brakonyerlik, noqonuniy chiqindilar tashlash kabi holatlarga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlarni kuchaytirish maqsadida Ichki ishlar vazirligi tizimida “ekologiya politsiyasi”ni tashkil etish topshirigʻi yuklatildi.

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida, hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan hamkorlikda Prezidentimizning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Loyiha bilan, Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar, Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat tartibini saqlash xizmatlari tarkibida Ekologik nazorat xizmati boʻlinmalari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Joriy yil 18-sentyabr - “Butunjahon tozalik kuni» doirasida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga barcha tuman (shahar)larda hududlarni chiqindilardan tozalash boʻyicha turli aksiyalar oʻtkaziladi.

IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi

© 2006-2021. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага