29 Mart 2020 3987

Ichki ishlar vazirligining axboroti

Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo'yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog'liq jami – 10 350 ta holat aniqlangan. Ular:

- Toshkent shahrida – 1 731 ta holat; 

- Toshkent viloyatida – 867 ta holat;

- Jizzax viloyatida – 975 ta holat;

- Buxoro viloyatida – 543 ta holat; 

- Samarqand viloyatida – 1 179 ta holat;

- Qashqadaryo viloyatida – 546 ta holat;

- Surxondaryo viloyatida – 678 ta holat;

- Xorazm viloyatida – 167 ta holat;

- Sirdaryo viloyatida – 326 ta holat;

- Farg'ona viloyatida – 1 386 ta holat;

- Navoiy viloyatida – 206 ta holat;

- Namangan viloyatida – 830 ta holat;

- Andijon viloyatida – 576 ta holat;

- Qoraqalpog'iston Respublikasida 340 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda. 

Misol uchun, joriy yilning 28 martda Toshkent shahar, Mirobod tumani, Banokatiy ko'chasida yashovchi 1982 y.t., N.A. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganligi aniqlanib, O'zbekiston Respublikasi MJtKning 53-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

28 martda Kashkadaryo viloyati Nishon tumani, YUksalish mahallasida yashovchi 1991 y.t., D.U. 1-guruh nogironi bo'lsada, uyida o'tirgan holda o'z uyali aloqa vositasi orqali ijtimoiy tarmoqlarga fuqarolar o'rtasida turli vahimaga olib keluvchi mish-mishlarni tarqatganligi aniqlanib, O'zbekiston Respublikasi MJtKning 205-moddasiga ko'ra ma'muriy javobgarlikka tortildi.

28 martda Namangan viloyati Norin tumani Uchtepa mahallasida yashovchi 1982 y.t., A.O. karantinga olingan bo'lsada, karantin joyini o'zboshimchalik bilan tashlab ketganligi aniqlanib, O'zbekiston Respublikasi MJtKning 53-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

28 martda Toshkent viloyati Bekobod shahar Alpomish ko'chasida yashovchi 1999 y.t., T.T. sanitariya qoidalarini buzganligi uchun O'zbekiston Respublikasi MJtKning 53-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Ta'kidlab o'tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo'lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.

29 mart soat 09:00 holatiga

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага