15 Aprel 2020 4245

Ichki ishlar vazirligining axboroti

Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo'yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog'liq jami – 63 882 ta holat aniqlangan. Ular:

- Toshkent shahrida – 10 922 ta holat; 

- Farg'ona viloyatida – 9 347 ta holat;

- Toshkent viloyatida – 9 288 ta holat;

- Samarqand viloyatida – 5 961 ta holat;

- Sirdaryo viloyatida – 4 617 ta holat;

- Qashqadaryo viloyatida – 4 382 ta holat;

- Namangan viloyatida – 3 654 ta holat;

- Andijon viloyatida – 3 634 ta holat;

- Buxoro viloyatida – 2 613 ta holat; 

- Qoraqalpog'iston Respublikasida – 2 354 ta holat;

- Jizzax viloyatida – 2 184 ta holat;

- Surxondaryo viloyatida – 2 122 ta holat;

- Xorazm viloyatida – 2 117 ta holat;

- Navoiy viloyatida – 687 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va sanitariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.

Misol uchun, 14 aprel` kuni Toshkent viloyati, O'rtachirchiq tumani, “O'rtasaroy” mahallasi, Oq oltin ko'chasida yashovchi 1982 y.t. A.K., YUqorichirchiq tumani, “Guliston” mahallasida yashovchi 1984 y.t. I.Z., Buxoro shahar, SHerbudin ko'chasida yashovchi 1985 y.t. R.S., Qoraqalpog'iston Respublikasi, Amudaryo tumani, “Qipchoq” ovulida yashovchi 1998 y.t. F.B., To'rtko'l tumani, “SHo'raxon” ovulida yashovchi 1993 y.t. D.e.lar jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.

14 aprel` kuni Urganch shahar, Quruvchilar ko'chasida yashovchi 1987 y.t. SH.B. ruxsatnomasiz o'z transportida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

14 aprel` kuni Buxoro viloyati, SHofirkon tumani, “SH.Hamroev” mahallasi, “Dodbog'ni” qishlog'ida yashovchi 1984 y.t SH.R. ruxsatnomasiz o'z transportida bemaqsad 4 nafar fuqarolarni tashib yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

14 aprel` kuni Xorazm viloyati, Xonqa tumani, “Sarapayon” qishlog'ida yashovchi 1995 y.t. N.D. o'z velosipedida bemaqsad yurganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bo'yicha javobgarlikka tortilib, velosipedi jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

14 aprel` soat 14:00 da Sirdaryo tumani, “Furqat” mahallasi, Qaxramonlar ko'chasida yashovchi 2000 y.t. R.B. karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligini uchun, unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddalari asosida Ma'muriy ishlar bo'yicha Guliston tumani sudi tomonidan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

14 aprel` soat 12:45 da Sirdaryo viloyati, SHirin shahar, “M.Ulug'bek” mahallasida yashovchi 1961 y.t. e.SH. va “Do'stlik” mahallasida yashovchi 1962 y.t. K.e.lar karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganliklari uchun, ularga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54 va 183-moddalariga asosan Ma'muriy ishlar bo'yicha Boyovut tumani sudi tomonidan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

14 aprel` soat 14:00 da Sirdaryo tumani, “Farovon” mahallasi, Hamdo'stlik ko'chasida yashovchi 2000 y.t. V.L. karantin qoidalarini buzib, mast holatda mayda bezorilik sodir qilganligi uchun, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54, 183 va 194-moddalari asosida Ma'muriy ishlar bo'yicha Guliston tumani sudi tomonidan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Ta'kidlab o'tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo'lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.

J.y. 15 aprel` soat 09:00 holatiga

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага