1 Aprel 2020 4430

Ichki ishlar vazirligining axboroti

Karantin tadbirlari e'lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo'yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog'liq jami – 17 668 ta holat aniqlangan. Ular:

- Toshkent shahrida – 3 093 ta holat; 

- Farg'ona viloyatida – 2 179 ta holat;

- Toshkent viloyatida – 1 809 ta holat;

- Samarqand viloyatida – 1 767 ta holat;

- Jizzax viloyatida – 1 350 ta holat;

- Namangan viloyatida – 1 327 ta holat;

- Surxondaryo viloyatida – 1 127 ta holat;

- Andijon viloyatida – 1 065 ta holat;

- Qashqadaryo viloyatida – 1 005 ta holat;

- Buxoro viloyatida – 792 ta holat; 

- Sirdaryo viloyatida – 742 ta holat;

- Qoraqalpog'iston Respublikasida 629 ta holat;

- Xorazm viloyatida – 526 ta holat;

- Navoiy viloyatida – 257 ta holatni tashkil etmoqda.

Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda. 

Misol uchun, 31 mart kuni Namangan shahar, “Irvodon” mahallasida yashovchi, 1991 y.t. fuqaro A.V., Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani, “Andijon” mahallasida yashovchi, 1999 y.t. fuqaro D.B. hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Amudaryo tumani, Nazarxon ovulida yashovchi, 1982 y.t. fuqaro U.K. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilganlar.

31 mart kuni 11:30 larda Andijon viloyati, Jalaquduq tumani, “Kattapolvon” mahallasida yashovchi 1993 y.t., fuqaro Z.I., karantinga olingan bo'lsada, karantin joyini o'zboshimchalik bilan tashlab ketganligi aniqlanib, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 54-moddasi 2-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.

Yo'l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning 29-31 mart kunlari Toshkent shahri hududida o'tkazilgan tadbirlar davomida jami 27 107 ta transport vositalari tekshiruvdan o'tkazilib, 1 912 ta holatda haydovchilar tomonidan turli ko'rinishdagi qoidabuzarliklar sodir etilganligi aniqlangan.

Ulardan 766 tasi karantin qoidalarini buzish bilan bog'liq bo'lib, qoidabzarlarga tegishli 545 ta avtotransport vositalari belgilangan tartibda jarima maydonchalariga joylashtirildi.

Ta'kidlab o'tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas'uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat'iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne'mat bo'lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.

j.y. 1 aprel` soat 09:00 holatiga

© 2006-2022. Barcha huquqlar himoyalangan
Sayt materiallaridan foydalanilganda www.iiv.uz sayti ko'rsatilishi shart
Sayt yaratuvchisi: Online Service Group
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing
Тепага